Poytaxtimizda “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tgan anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti “Ommaviy huquq” fakulteti talabasi Erkinov Аbbos “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasida g‘olib bo‘lib, Toshkent shahar hokimining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.