Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yangi O‘zbekistonda konstitutsionalizmni mustahkamlash va konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash — demokratik islohotlarning muhim sharti” mavzusida ilmiy-amaliy davra suhbati tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirda ikki muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi. 

Anjumanda mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazorat institutining shakllanishi va rivojlanishi, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda konstitutsiyaviy odil sudlovning ahamiyati, bu boradagi xalqaro tajriba xususida so‘z yuritiladi. 

Davra suhbati 8-iyun soat 10:00da TDYU 3-o‘quv binosi 221-xonada boshlanadi. Anjuman ishtirokchilari 09:30dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Batafsil ma’lumot uchun +998712382916, +998712382907, +998712398020 telefon raqamlariga murojaat qiling. 

Hodisalar

Barcha e'lonlar