Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi qanday amalga oshirilmoqda?

Toshkent davlat yuridik universiteti xodim va professor-o‘qituvchilari tomonidan Yunusobod tumanidagi mahallalarda “Mahallabay” ishlash tizimi asosida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi tomonidan “Husniobod” mahallasida aholi bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisiga kafedra tomonidan tavsiya etilayotgan kurslar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida sport anjomlari taqdim etildi. Kafedra xodimlari ushbu mahallada istiqomat qiluvchi, bir necha yillardan buyon og‘ir xastalik bilan kurashayotgan hamyurtimiz ahvolidan xabar oldi.

Shuningdek, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi tomonidan “Qashqar” mahallasida tashkil etilayotgan “TDYU kutubxonasi” uchun badiiy kitoblar sovg‘a qilinib, bepul “Wi-fi” o‘rnatildi.

Hozirda kafedra tomonidan mahalla yoshlari futbol bo‘yicha “TDYU rektori kubogi”ga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasida tashrif buyurib, mahallaning kitob fondini yanada boyitish, maktab o‘quvchilarini huquqiy ongini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kafedra tomonidan mahalladagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etilib, bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.










image widget

Hodisalar

Barcha e'lonlar