Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun tashkil etilgan ikki kunlik seminar-treninglar yakunlandi

Xabaringiz bor, Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” dam olish maskanida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun “Legal Education for the Next Generation — Kelajak avlod uchun huquqiy ta’limni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening va mahorat darslari tashkil etildi.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning xalqaro tajriba bilan tanishishi, mavzular yuzasidan fikr almashishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirning ikkinchi kunida ham ishtirokchilar foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tadbirning ikkinchi kuni doirasida TDYUning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish, bu yo‘nalishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, yutuq va kamchiliklar, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat ishlari, talabalarni bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarida akademik halollikni ta’minlash masalalari muhokama qilinib, bu borada taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Ayniqsa, “Huquqni o‘qitish amaliyotiga munosabat kompetensiyalari va masofaviy ta’lim instrumentlarini joriy etish” mavzusidagi seminar-trening professor-o‘qituvchilar va xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda interfaol usulda tashkil etilgan mashg‘ulotni xalqaro amaliyotchi trener, huquqshunos, tahlilchi va menejer Kseniya Rijkova olib bordi. Seminarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shu tariqa “Legal Education for the Next Generation — Kelajak avlod uchun huquqiy ta’limni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening va mahorat darslari yakuniga yetdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar