Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Firibgarlik, uning turlari va unga imkon beruvchi omillar” mavzusida ovozli chat tashkil etiladi

Xabaringiz bor, 2022-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublika adliya vaziri o‘rinbosari va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan “Firibgarlik jinoyatlarini oldini olish boʻyicha “Mahallabay” huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlar” dasturi tasdiqlangan.

Ushbu hujjatda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, fuqarolarga firibgarlik va uning turlari, firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha ma’lumot berish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Firibgarlik, uning turlari va unga imkon beruvchi omillar” mavzusida ovozli chat tashkil etilmoqda. Unda “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), advokat Razzoq Altiyev ishtirok etadi.

Universitetning rasmiy telegram kanali (@tsulofficial)da o‘tkazilayotgan onlayn suhbat 21-oktabr 15:00 da boshlanadi va unda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar