Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtimizdagi “Sadaf” to‘yxonasida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi, Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internati, 1-internat uyi tarbiyalanuvchilari hamda Bolalar ijtimoiy moslashuv markazidan jami 167 nafar bola ishtirok etdi.
Xayriya tadbiri davomida bolajonlar uchun maxsus bayram dasturi, dasturxoni va konsert tashkil etildi.
Tadbir avvalida o‘g‘il-qizlarga universitet jamoasining bayram tabrigi va samimiy tilaklari yetkazildi.
Shundan so‘ng tadbir davomida universitet talabalari turli ertak qahramonlari obrazida bolajonlarga xush kayfiyat va shodonlik ulashdi.
Yakunda bolajonlarga homiylarning sovg‘alari taqdim etildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi xayriya tadbirini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shganlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.