Germaniyaning Berlin shahrida V xalqaro advokatlar forumi o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi katta o‘qituvchisi Jamshid Turdaliyev “Развитие адвокатуры в Узбекистане в ее исторической ретроспективе” mavzusida ma’ruza qildi.
Anjumanda ishtirokchilar siyosiy o‘zgarishlar davrida advokatlarning kasbiy maqomini saqlab qolish, inqiroz davrida milliy va xalqaro advokatlar tashkilotlarining roli, odil sudlov tizimini raqamlashtirish hamda uning advokatura va adliya tizimiga ta’siri kabi masalalarni muhokama qildi.
Forumda xalqaro tashkilotlar va 37 ta mamlakatdan advokatura assotsiatsiyalari vakillari, davlat arboblari ishtirok etdi.