Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Regensburg universiteti doktoranturasiga qabul talablari e’lon qilindi

Regensburg universiteti doktorantura stipendiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Doktoranturada o‘qish muddati davomida har oy 1400 yevro stipendiya (3+1 yil);
- Yo‘l xarajatlari uchun qisman kompensatsiya;
- Universitet-hamkorlar infrastrukturasiga bepul kirish;
- Ikki nafar tajribali professorlar tomonidan kuratorlik (har bir universitet-hamkorlardan bitta professor);
- Individual strategiya va tadqiqot rejasini ishlab chiqish;
- Regensburg universitetida til va tadqiqot kurslarida ishtirok etish.

Nomzodlar uchun talablar:
- Magistr darajasi yoki huquq sohasi diplomi;
- Tillarni bilish (ingliz tili — IELTS 6,5 va nemis tili — B2 daraja);
- Tadqiqot ko‘nikmalari, yozma nutq ko‘nikmalari.

Arizalar ingliz yoki nemis tilidagi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim:
- motivatsion xat (2500 so‘z);
- rezyume (chop etilgan maqolalar ro‘yxati bilan);
- oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom va til bilish sertifikati;
- magistrlik dissertatsiyasi annotatsiyasi (1 bet).

Hujjatlari qabul qilingan nomzodlar bilan dekabrda onlayn suhbat o‘tkaziladi.

Regensburg universiteti doktoranturasiga hujjatlarni topshirish 30-noyabrda yakunlanadi.

Arizalar kerakli hujjatlar bilan birga quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak: manuchehr.kudratov@ur.de
Batafsil...

Hodisalar

Barcha e'lonlar