Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sirtqi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun “Tanishtiruv haftaligi” o‘tkazildi

“Magistratura va sirtqi ta’lim” fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan haftalik davomida universitet rahbariyati, tarkibiy tuzilmalarning mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirlarda universitetning o‘quv-uslubiy yo‘nalishdagi faoliyati, kredit-modul tizimi, www.digital.tsul.uzplatformasi, o‘quv tizimi, ta’lim jarayoni, odob-axloq qoidalari, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qilinayotgan ishlar, ilmiy va sport to‘garaklari faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, sirtqi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar universitetning Ilmiy boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi, Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi, Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Mazkur tarkibiy tuzilmalarning xodimlari hamda universitetning professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

“Tanishtiruv haftaligi” doirasida universitet bo‘ylab ekskursiya, Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat hamda Adiblar xiyobonida ulug‘ adib va shoir G‘afur G‘ulom haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.