Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sizdan boshlanadi asli tafakkur!

Toshkent davlat yuridik universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari, universitet rahbariyati, Adliya vazirligi tizimidagi yuridik ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Bayram tadbiri avvalida Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigini o‘qib berdi.

Shundan so‘ng malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash hamda yuridik fanni rivojlantirishdagi samarali mehnati uchun Toshkent davlat yuridik universitetining quyidagi professor-o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi:
1. Mavlyuda Axmedshayeva — “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori;
2. Minavvarxon Yunusova — “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi;
3. Umida Sharaxmetova — “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi;
4. Eshmuhammad Qodirov — “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi;
5. Qambariddin Mehmonov — “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti;
6. Hikmatilla To‘xtashev — “Ekologiya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi;
7. Qumrinisa Abdurasulova — “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori;
8. Dilbar Suyunova — “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori;
9. Jasurbek Jumaniyazov — “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
10. Olim Xusanboyev — “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi;
11. Dilnovoz Tadjibayeva — “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi;
12. Sarvar Akobirova — “Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti;
13. Noila Mustafoyeva — “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
14. Nasiba Bozorova — “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti;
15. Miryoqub Raximov — “Mehnat huquqi” kafedrasi dotsenti.

Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov barchani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, o‘zining fidokorona mehnati va jonkuyarligi bilan hamkasblari va shogirdlariga o‘rnak bo‘layotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining quyidagi professor-o‘qituvchilari universitet rektori tomonidan qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
Shoxjaxon Xo‘jaev, “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi mudiri — mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog;
Otabek Narziyev, “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori v.b. — eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi;
Kamola Aliyeva, “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti v.b. — innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog;
Sardor Yusupov, “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi mudiri — yilning eng faol jamoatchi ustozi;
Xaydarali Muxamedov, “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori — yilning eng faol targ‘ibotchi ustozi;
Samir Latipov, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti — yilning eng yaxshi motivator ustozi;
Liliya Achilova, “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti — yilning eng yaxshi maqola muallifi;
Muhammadamin Karimjonov, “Mehnat huquqi” kafedrasi katta o’qituvchisi — yilning eng faol tashabbuskor ustozi.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning faoliyatiga bag‘ishlab tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar