Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Oziq-ovqat xavfsizligini xalqaro va milliy darajada tartibga solish muammolari” mavzusida ilmiy munozara o‘tkaziladi

Ilmiy munozaraga muhokama qilinadigan asosiy masalalar:
1)  Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi.

Muhokamaga qo‘yiladigan savollar:
- Xalqaro miqiyosda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi qanday o‘rganilmoqda?
- Nima uchun bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi, to‘yib ovqatlanmaslik,oziq-ovqat huquqiga bo‘lgan talab butun dunyoda ko‘p bora takrorlanyapti va bunga asos nima?
- Xalqaro huquqda oziq-ovqatga bo‘lgan huquq qanchalik inson huquqlari sohasini qamrab olgan?
- “Codeks Alimentarius”kerakmi? “Codeks Alimentarius” o‘zi qanday hujjat? Sizningcha xalqaro huquqda yokida O‘zbekiston Respublikasida xalqaro hujjat hisoblangan Agar kerak bo‘lsa u qanday ishlaydi?

2) Hozirgi davr global oziq-ovqat muammosi.

Muhokamaga qo‘yiladigan savollar:
- Pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi qanchalik muhim ahamiyatga ega?
- Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz doatda, yuqori sifatli, ekologik toza GMOsiz zararli elementlar qo‘shilmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Ushbu holatni tartibga solib turuvchi qanday vakolatli organlarga murojat etishmimz mumkin?

3) Oziq-ovqat xavfsizligining xalqaro va milliy tartibga solish masalalari.

Muhokamaga qo‘yiladigan savollar:
- Xalqaro hujjatlarda hamda milliy qonunchiligimizda qanday qonunlarda aynan oziq-ovqat huquqi va oziq-ovqat xavfsizligiga oid normalar o‘z ifodasini topgan?
- Sizningcha qanday qonun normalari ushbu masalada yangiliklar va qo‘shimchalar sifatida kiritilishi kerak?

4) FAO va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy hamkorligi.

Muhokamaga qo‘yiladigan savollar:
- FAO bilan O‘zbekistonining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning xalqaro-huquqiy tahlili?
- O‘zbekiston oziq-ovqat sohasida qanday xalqaro-huquqiy hamkorliklarni amalga oshiradi?

Munozara 5-oktabr 9:30 dan boshlab TDYU 3-bino 234-xonada bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: (+998) (71) 233-66-36, (1043) khikmatovf@bk.ru

Hodisalar

Barcha e'lonlar