Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU vakillari THE Impact xalqaro reyting tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan forumda ishtirok etdi

Ozarbayjonning Boku shahrida “Barqaror kelajak uchun hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

THE Impact xalqaro reyting tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Baxshillo Xodjayev va universitet professori Salomat Niyozova ishtirok etdi.

Nufuzli anjumanda barqaror rivojlanish maqsadlari va uning hozirgi kundagi dolzarb yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalarining bu boradagi faoliyati va maqsadlar yo‘lidagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro forum doirasida TDYU vakillari THE xalqaro reyting tashkilotining O‘rta Osiyo va Ozarbayjon davlatlaridagi mintaqaviy direktori Lachin Italmazova, ekspertlar Hannah Peacock va Simon Markey bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universitetining THE Impact xalqaro reytingidagi nufuzini yanada oshirish va strategik yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha fikr almashildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar