Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU qoshidagi akademik litseyga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlari 23-25-avgust kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi

Xabaringiz bor, akademik litseyga o‘qishga kirish uchun imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan akademik litseyda test sinovlarini adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tkazishga qaratilgan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Mamlakatimizda vujudga kelgan epidemiologik sharoitda bu yilgi akademik litseyga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlarini tashkil etishga oid eng muhim masalalar bo‘yicha sizlarga quyidagilarni ma’lum qilamiz:

– test sinovlari 23-25-avgust kunlari oralig‘ida yirik stadionlarning birida karantin qoidalariga to‘la rioya etilgan holda tashkil etiladi;
– test sinovlarini 2 smenada (1-smena soat 08.00 dan 10.00 ga qadar, 2-smena soat 17.00 dan 19.00 ga qadar) tashkil etish rejalashtirilgan;
– abituriyentlar stadionga kirishda maxsus dezinfeksion yo‘lakdan o‘tishi, ularga tibbiy niqob berilishi, antiseptik vositalar ishlatilishi, shuningdek, test sinovlari ochiq osmon ostida bo‘lishini inobatga olib, abituriyentlarga oq bosh kiyim (kepka) tarqatilishi rejalashtirilgan;
– test sinovlarini o‘tkazishning aniq joyi, sanasi va smenasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.

Ayni paytda qabul jarayonlari haqida akademik litseyda tashkil etilgan Call-markaz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali batafsil ma’lumot berib borilmoqda.

Sizda qabul bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, (71) 241-72-44 raqami orqali akademik litsey qabul komissiyasi xodimlari bilan bog‘lanib, barcha zarur ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishida omadlar tilaymiz! 

Hodisalar

Barcha e'lonlar