Toshkent davlat yuridik universitetida Regensburg universiteti huquq fakulteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkaziladi. 6-7-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
- 2022/2023-yillar uchun ishchi dastur;
- Regensburg universitetida to‘liq doktorantura ta’limi uchun doktorantlarni tanlash;
- TDYUda qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar va nemis huquqi markazining rasmiy ochilishi marosimini o‘tkazish;
- Qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar va nemis huquqi markazini zamonaviy yuridik adabiyotlar bilan boyitish;
- Qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish.
Yuqoridagi masalalarga oid qo‘shimcha shartlar hamkorlik uchrashuvi davomida kelishiladi.
Regensburg universitetida ta’lim olmoqchi bo‘lgan doktorantlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- magistr diplomi nusxasi;
- ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS B2 - 5,5 );
- dissertatsiya asosnomasi;
- motivation letter (motivatsion xat);
- researchment proposal (tadqiqot taklifi).