Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Yevropa instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov Saarland universitetining Yevropa instituti direktori Mark Bungenberg bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Yevropa instituti professor-o‘qituvchilari ishtirokida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, TDYUda Butunjahon savdo tashkiloti huquqi va Yevropa ittifoqi huquqi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish  masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga Toshkent davlat yuridik universitetida Yevropa ittifoqi huquqini o‘rganish markazini ochish bo‘yicha dastlabki muzokaralar ham olib borildi.

Muzokaralar yakunida TDYU va Saarland universitetining Yevropa instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra endilikda ikki oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shma yozgi maktablar, seminarlar, treninglar tashkil etiladi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, turli ilmiy tadbirlar, konferensiyalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, TDYU va Yevropa instituti professor-o‘qituvchilari hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar