Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sharqiy Xitoy siyosatshunoslik va huquq universiteti TDYU 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturi e’lon qilinadi

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar GPA kamida 80% va ingliz tilini bilishi (B2 darajasida yoki undan yuqori) kerak.

Xorijiy universitetning akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni xohlovchi talabalar 25-oktyabrgacha Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. ariza (shakli ilova qilinadi). Ariza kompyuterda to'ldirilgan bo‘lishi kerak. Format – Word yoki PDF. Hujjatda arizachini shaxsiy imzosi bo‘lishi kerak.
2. Pasportni skanerlangan nusxasi.
3. Shaxsni tasdiqlovchi fotosurat. Shaxsni tasdiqlovchi fotosurat Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tomonidan viza shakllarini berish uchun talab qilinadi va kelajakdagi ECUPL talaba kartasida ham ko'rsatiladi.
Fotosurat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- rangli fotosurat;
– faqat oq fondan foydalanish mumkin;
- rasmning o'lchami 3x4 sm ga teng bo'lishi kerak;
– yuz surat o‘lchamining 2/3 qismini egallashi kerak;
- o'lchamlari – 320x240 pikseldandan kam bo'lmasligi kerak;
– format – jpg;
- ma'lumotlar hajmi – 100 ~ 500 Kb oralig'ida.
4. Akademik transkript nusxasi.
5. Ingliz tilini bilish sertifikati.

Loyiha talabalarga 2023-yilning bahorgi semestrida xorijiy hamkor universitetda kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Shu bilan birga, agar talaba TDYUda toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan boʻlsa, toʻlov-kontrakt summasi, shuningdek, boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sugʻurta, yotoqxona va yashash xarajatlari) talaba tomonidan qoplanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar