27-sentabr 15:00 3-bino, 234-xonada TDYU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi Sattorov Alisher Yarashevichning “12.00.09. - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyat protsessida reabilitatsiya institutini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi ishi muhokama qilinadi.
Anjumanda quyidagi ZOOM linki orqali ham ishtirok etish mumkin: https://us06web.zoom.us/j/82345229498?pwd=dDVabFBVVU9BMFF4UE5reXVBbVAwZz09