Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

USAID LRP ko‘magida TDYU va Luis Gvido Karli nomidagi ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan Italiya Respublikasiga Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifning navbatdagi kunida USAID LRP ko‘magida TDYU rektori Akbar Tashkulov hamda Luis Gvido Karli nomidagi ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro universitetining rektori Andrea Principi, xalqarolashtirish bo‘yicha professori Raffaele Marketti va Huquq maktabi ilmiy rahbari Lorenso Valeri o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Xorazm viloyat yuridik texnikumi direktori T.Ishmetov, Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi direktori M.Toshmatova, Qoraqalpoq davlat universiteti yuridik fakulteti dekani E.Qutibayeva hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Toshkent davlat yuridik universiteti va Luis Gvido Karli nomidagi ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash masalalari masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun qo‘shma ta’lim, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Ma’lumot uchun: Luis Gvido Karli nomidagi ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro universiteti QS xalqaro reytingida dunyoning yetakchi universitetlari orasida siyosiy fanlar bo‘yicha 1-o‘rinni, yurisprudensiya bo‘yicha esa 81-o‘rinni egallaydi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar