Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“IBook.uz” kitoblar do‘koni tomonidan “Tirilish” kitobxonlik tanlovi e’lon qilindi

Tanlovda ishtirok etish uchun @ibook_tirilishuzbot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish va tashkilotchilar tomonidan berilgan kitoblarni o‘qib, shu kitoblar asosida tuzilgan savollarga javob berish va ulardan biriga taqriz yozish kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish 30-oktabrga qadar davom etadi.

Kitobxonlik tanlovi g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — iPhone 14 telefoni;
2-oʻrin — sifatli noutbuk;
3-oʻrin — Samsung A32 telefoni;
4-oʻrin — “Amazon Kindle” kitob oʻqish gadjeti;
5-oʻrindan 10-oʻringa qadar — smart soat;
11-oʻrindan 20-oʻringa qadar — blyutuz quloqchinlar;
21-oʻrindan 30-oʻringa qadar — 250 ming soʻmlik kitob uchun vaucherlar;
31-oʻrindan 40-oʻringacha — 150 ming soʻmlik vaucherlar;
41-oʻrindan 50-oʻringacha — kitoblar toʻplami.

Loyiha haqida batafsil quyidagi videorolik orqali tanishish mumkin.