Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“hr-adliya-bot” telegram boti va “HR ADLIYA” telegram kanali ishga tushirildi

Adliya vazirligi tizimida ishlab kelayotgan xodimlarning mehnat munosabatlariga oid masalalari, yuzaga kelayotgan muammolar hamda bu boradagi tegishli takliflarni tezkor qabul qilish va ko‘rib chiqib, hal etish choralarini ko‘rish maqsadida ular bilan tezkor aloqani ta’minlashga qaratilgan “hr-adliya-bot” (@hradliyabot) telegram boti yaratildi

Shuningdek, vazirlik tomonidan “HR ADLIYA” telegram kanali ham ishga tushirildi.

Mazkur kanalda mehnat munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlaridagi yangiliklar, vazirlik tizimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lonlari, tanlov jarayonlarining onlayn translyatsiya havolalari, lavozimga tayinlovlar va boshqa mehnat munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Kanalga @hradliya linki orqali ulanish mumkin.