Xabaringiz bor, Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan treninglar haftaligi tashkil etilgan edi.
Huquqiy fanlarni o‘qitish metodikalari va andragogika bo‘yicha xalqaro mutaxassis, huquqshunos, huquqshunosning kasbiy mahorati, kasbiy va shaxsiy rivojlanish sohasi bo‘yicha trener Kseniya Rijkova tomonidan olib borilgan treninglarda Toshkent davlat yuridik universiteti va universitet qoshidagi Akademik litseyning 60 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim metodlari, yuridik ta’limni tashkil etishdagi innovatsion metodikalar muhokama qilindi.
Treninglar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.