Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUning 8 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlari iqtidorli talabalari va o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to‘g‘risida”gi buyrug‘i e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetining quyidagi talabalari Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi:
1. Rahmonov Tolib Turg‘un o‘g‘li — “Ommaviy huquq” fakulteti 2-kurs talabasi;
2. Hasanov Temur Azamatovich — “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 2-kurs talabasi;
3. Umarova Xolisxon Nomoz qizi — “Xususiy huquq” fakulteti 2-kurs talabasi;
4. Rivojiddinov O‘tkirbek Isoqjon o‘g‘li — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-kurs talabasi;
5. Ubaydullayev Botirbek Bahodirxon o‘g‘li — “Ommaviy huquq” fakulteti 3-kurs talabasi;
6. Ibragimova Adel Nurgaliyevna — “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 3-kurs talabasi;
7. Haydarova Munisa Abror qizi — “Xususiy huquq” fakulteti 3-kurs talabasi;
8. Irisqulov Odilbek Abdurahim o‘g‘li — “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-kurs talabasi.

Ma’lumot uchun: Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan TDYUning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari uchun bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim baravari miqdorida hamda Yuridik texnikumlarning akademik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida stipendiya belgilanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar