Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Huquqingiz bor” risolalari – sodda so‘zlar bilan qiyin masalalarni hal etamiz

Aksariyat hollarda insonlarning oddiy, hayotiy huquq va majburiyatlarini bilmasliklari ko‘plab muammo sabab bo‘ladi. Bu esa, ortiqcha vaqt va harajat talab etadigan holatlarni yuzaga keltiradi.

Aynan shu kabi holatlarning oldini olish, yurtdoshlarimizning huquqiy ongi va madaniaytini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Huquqingiz bor” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Yangi loyiha doirasida kundalik hayotimizda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan dolzarb va qiziqarli mavzularda huquqiy-ommabop risolalar nashr etilib, xalqimiz, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi aholiga yetkazilmoqda.

Ayni paytga qadar TDYUning yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek yosh olimlari tomonidan tayyorlangan, aholining huquq va erkinliklarini amalga oshirishda yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal etish borasida malakali yuridik maslahatlar berish, ayollarning tazyiqlardan himoyalanish bilan bog‘liq huquq va erkinliklarini tushuntirish va himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, joylardagi inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish sohasida hayotiy vaziyatni o‘rgangan holda yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining uyg‘unligini ta’minlash borasida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan, nikoh, aliment, oiladagi zo‘ravonlik, meros, chet elda ishlash, yo‘l harakati, sog‘liqni saqlash, yerga egalik qilish, soliqlar, sudlanganlik kabi masalalarga oid 20 ta risola nashr etildi.

Loyiha tashabbuskori, TDYU rektori Rahimjon Hakimovning ta’kidlashicha, universitet jamoasi ushbu loyiha orqali sodda va ravon tilda tushuntirish adabiyotlarini tayyorlashda bebaho tajriba orttirdi. Professor-o‘qituvchilar odamlar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini tingladi va ularni hal etish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Ushbu yo‘nalishda qilingan ishlar va tushuntirishlar keyinchalik risola tarzida shakllantirildi. Aholiga muammolarning yechimini yanada yaqindan tushuntirish maqsadida eng qulay shakl – “savol-javob” uslubi tanlandi.

Bugungi kunda universitet jamoasi risolalarning davomini tayyorlash va chop etish borasida ish olib bormoqda. Navbatdagi to‘plamga iste’mol kreditlari, ishga joylashish va mehnat shartnomasini bekor qilish, shuningdek, frilanserlik faoliyati, biznes soliqlari, yoshlar fermerligi hamda boshqa qiziqarli va foydali mavzularda uchrayotgan masalalar va ularni hal etish borasida zarur tavsiyalarni  berish ko‘zda tutilgan.

“Huquqingiz bor” loyihasi doirasida dastlabki risolalar bepul tarqatilmoqda. Ularni aholiga tez va oson uslubda yetkazish maqsadida barcha nashrlar “Huquqiy Shahar” (“Правовой город”) mobil ilovasiga joylashtirilgan. Ilovani “Play Market” platformasida quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://cutt.ly/8j1zaoV.

Hodisalar

Barcha e'lonlar