Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar

Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi lozim.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to‘lab beriladi.

Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga taʼlim krediti beriladi.

Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi — “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.

“Yoshlar daftari” ga kiritilganlarning nogiron oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari miqdorida yordam ko‘rsatiladi.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun 15 mln. so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

Ijtimoiy faol yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlar beriladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 20 turdagi yordam  beriladi.

Ayrim yoshlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etiladi.

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar