Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Frilans forum — 2022 o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tadigan forumda mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish hamda birinchi buyurtmani olish bo‘yicha foydali ma’lumotlar beriladi.

13-sentabr 09:30 dan boshlanadigan forum doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi:
— yuridik sohada onlayn daromad olish;
—  frilansni nimadan boshlash;
— Upworkda akkaunt yaratish, ish topish, proposal yozish.

Seminarlarni yurist va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev, “Monday” akademiyasi asoschisi, IT tadbirkor Saidravshan Shakirov, front-end dasturchi Sabohat Qalandarova olib boradi.

Forumda ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc_GhoTtUA5HDkrfcxW_vCUG1JNkF4LVUJeqLWTPvJOflj8Dw/viewform⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠