Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi e’lon qilindi: TDYU 10 pog‘ona yuqoriladi

Milliy reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 16-o‘rin (2020-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 10-pog‘ona yuqori)ni egallagan bo‘lsa, gumanitar yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari orasida 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, birinchi marotaba e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari filiallari reytingida TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali 3-o‘rindan joy oldi.

Milliy reytingda oliy ta’lim muassasalari faoliyati quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha 20 ta ko‘rsatkich asosida baholandi:

– ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
– o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;
– talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
– sportni rivojlantirish.

Ma’lumot uchun, joriy yilgi reytingda 62 ta oliy ta’lim muassasasi (27 ta filiallar bilan jami 89 ta) ishtirok etdi.

image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar