Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUga qabul bo‘yicha akademik litsey o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning tavsiyanomaga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko'ra, 13-18-iyul kunlari litseyning bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi suhbat jarayonlari ochiq va shaffof tarzda bo'lib o'tdi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga suhbat natijasi e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellatsiya berish huquqiga ega.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan akademik litsey bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari bilan tanishing:

Ta'lim tili: O'zbek
Ta'lim tili: Rus

Hodisalar

Barcha e'lonlar