Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

2022/2023-o‘quv yili uchun TDYU stipendiyasi va granti uchun nomzodlarni tavsiya etish jarayoni boshlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish uchun universitet stipendiyasi va granti joriy etilgan.

Ushbu stipendiya va grantni taqdim etishda nomzodlarning a’lo baholarga o‘qishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olinadi.

TDYU stipendiyasi va granti uchun tanlovda faqat 2-4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markaziga murojaat qilishi lozim. Barcha hujjatlar fakultet dekanatlariga topshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun @Shoxrux9418 telegram manzili yoki +998901757245 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Quyidagi link orqali universitet stipendiyasi va granti nizomi bilan tanishish mumkin:

Hodisalar

Barcha e'lonlar