Davlat ekologiya qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiyaviy islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan anjuman gibrid shaklda o‘tkazilib, unda Toshkent davlat yuridik universiteti “Ekologiya huquqi” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Shuhrat Fayziyev asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Davra suhbatida Konstitusiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangani, loyihada konstitusiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ekologik masalalarga alohida urg‘u berilayotgani qayd etilib, qator ekologik huquqlarga oid belgilanishi ko‘zda tutilayotgan normalar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.