Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professorlari Dilbar Suyunova, Dildora Bazarova va Gulchehra To‘laganova ilmiy maktablari doirasida tashkil etilgan anjumanda ilmiy maktablar a’zolari, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Oliy attestatsiya komissiyasi eksperti, Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori Rustam Ruziyev tomonidan ilmiy izlanish olib borish, dissertatsiya ishini yozishda e’tibor qaratish kerak boʻlgan jihatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mutaxassisdan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.