Toshkent davlat yuridik universiteti va Stokgolm xalqaro arbitraj markazi (SCC) bilan hamkorligida tashkil etilgan anjumanda davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, amaliyotchi-huquqshunoslar, TDYU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Stokgolm Savdo palatasi arbitraj instituti bosh kotibi Karoline Falkoner (Shvetsiya), “Dentons” yuridik firmasi partnyori Aigoul Kenjabayeva (Qozog‘iston) va xalqaro arbitr, professor Elijah Putilin ma’ruza qildi.
Tadbirda xalqaro arbitrajlarda nizolarni hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.