Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan “ICC International Commercial Mediation” musobaqasi yakuniga yetdi.
Xalqaro tanlovda TDYU Yuridik klinikasi rahbari, professor Otabek Narziyev murabbiyligidagi Sarvarxon Nosirxonov, Madinabonu Abdulazizova va Roziyaxon Kuchkarovadan iborat Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Tanlov davomida AQSH, Niderlandiya va Braziliya oliy ta’lim muassasalari jamoalari bilan bellashgan TDYU jamoasi yakunda “Best Teamwork” nomiyatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: “ICC International Commercial Mediation” musobaqasi mediatsiya sohasidagi eng yirik tanlov bo‘lib, unda 50 ga yaqin jamoa ishtirok etadi. Musobaqa Parijdagi Xalqaro Savdo Palatasi (International Chamber of Commerce) tomonidan har yili o‘tkaziladi. Hindiston, Singapur, Buyuk Britaniya davlatlari xalqaro musobaqaning avvalgi g‘oliblari hisoblanadi.