Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Call-center” tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Endi abituriyentlar va ularning ota-onalari +99871 233-13-95 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

“Call-center” dushanbadan jumaga shanbagacha 9:00 dan 18:00 (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)ga qadar faoliyat olib boradi.

Toshkent davlat yuridik universitetidagi qabul jarayonlariga oid yangiliklar va ma’lumotlar bilan @TSULadmission telegram manzili orqali tanishib borishingiz mumkin.