Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovi e’lon qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar tadqiqotchi va magistrlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov ikki bosqichda: oliy ta'lim muassasasi va respublika bosqichlarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning OTM bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi: 
1-o‘rin — diplom va 10 million so‘m;
2-o‘rin — diplom va 7 million so‘m;
3-o‘rin — diplom va 4 million so‘m;

Oliy ta’lim muassasasi bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritganlar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar quyidagicha taqdirlanadi: 
1-o‘rin — diplom va 30 million so‘m;
2-o‘rin — diplom va 20 million so‘m;
3-o‘rin — diplom va 10 million so‘m;

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar hujjatlarini 1-iyulga qadar oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha mutasaddilarga topshirishi lozim.

Quyidagi link orqali tanlov nizomi bilan tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/Uchinchi-Renessans--yoshlar-nigohida-tanlovi-nizomi-06-22⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar