Endi TDYU bitiruvchilari mazkur nufuzli universitet magistraturasiga imtiyozli ravishda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor, Dr.Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaning Sasseks Universiteti (University of Sussex)ga tashrif buyurdi.
TDYU delegatsiyasini Sasseks Universitetining yuqori rahbariyati, jumladan, Ijtimoiy fanlar fakulteti ijrochi dekani, professor Rozi Koks, alqaro savdo huquqi dotsenti va LPS xalqaro aloqalar direktori Dr. Ahmad G‘uriy, global va fuqarolik ishtiroki bo‘yicha dekan o‘rinbosari, professor Anke Shvittay, LPS maktabi rahbari, professor Jo Moran-Ellis, Huquq kafedrasi mudiri, professor Amir Paz-Fuks hamda boshqa yetakchi olimlar va professor-o‘qituvchilar kutib oldi.
Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida TDYU va Sasseks universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Xususan, ushbu universitet bilan bakalavriatda qo‘shma ta’lim dasturi, shuningdek, professor-oʻqituvchilar akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, TDYU bitiruvchilarini mazkur universitet magistraturasiga imtiyozli ravishda qabul qilish, hamkorlikda turli ilmiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.