Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” uchun tanlov yakunlandi.

3 bosqichda o‘tkazilgan tanlov yakunida quyidagi talabalar “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi”ni qo‘lga kiritdi:

1-kurs talabalari o‘rtasida:

— Ibrohim Usmonov, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi;

2-kurs talabalari o‘rtasida:

— Roziya Abduvaliyeva, Ommaviy huquq fakulteti talabasi;

3-kurs talabalari o‘rtasida:

— Farangiz Abdullayeva, Ommaviy huquq fakulteti talabasi;

4-kurs talabalari o‘rtasida:

— Aslbek Ismatov, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi.

Stipendiatlarga belgilangan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 3 barobari miqdorida stipendiya hamda Toshkent shahar prokurori tomonidan xizmatga qabul qilish uchun zaxiraga olish tavsiyanomasi beriladi.

Shuningdek, tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan nomzodlar stipendiat bo‘lmagan taqdirda ham maxsus nominatsiyalar doirasida Toshkent shahar prokurorining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar