Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

1 000 ta maktab direktorlari bilan “Street Law” loyihasi bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida “Street Law” loyihasi bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Onlyan muloqotda respublikaning 1 000 ta maktab direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Shuningdek, muloqot Facebook ijtimoiy tarmog’ida real vaqt rejimida translyatsiya qilindi.

“Street Law” loyihasi koordinatori, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti v.b. Botirjon Qosimov loyihaning maqsadi, tarixi va mamkatimizdagi bugungi holati, loyihaning maktablar va maktab o‘quvchilari uchun foydali jihatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, loyiha koordinatori yordamchisi Kamilla Dalabayeva va loyihaning faol volontyori Shoxruh Jo‘rayev maktablarda loyiha darslarini samarali olib borishda maktablar tomonidan amalga oshirish zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdi.

Onlayn muloqot respublika miqyosida maktablarning “Street Law” loyihasi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, loyihaga qiziqishlarini oshirish, kelajakda loyihani maktablarda joriy etish bo‘yicha tashabbuslarni maktablar tomonidan ilgari surilishiga xizmat qiladi.

image widget
Hodisalar

Barcha e'lonlar