Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat yuridik universitetida yangi o‘quv yili 9-sentabrdan boshlanadi
Mazkur sanadan 1-bosqich talabalari uchun universitet faoliyati, xususan, o’quv jarayoni, universitetning ijtimoiy hayoti, talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishni boshlaydi.
Yuqori bosqich (2-4-bosqichlar) talabalari esa 9-sentabrdan boshlab tegishli fanlardan dars olib boradigan professor-o‘qituvchilarni tanlaydi.
Universitetda dars jarayonlari 16-sentabrdan boshlanadi.