Yaponiyaning Tokio shahrida “Asia Cup International Law Moot Court Competition” xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari Azizbek Toyirov va Shuhrat Rahmonov boshchiligidagi Javohir Miraliyev, Dildorabegim Xoliqova va Gulnoza Qosimovadan iborat jamoamiz nufuzli xalqaro tanlovda ilk ishtirokining o‘zidayoq Osiyoning 66 ta davlati jamoalari ichida kuchli 16 talikdan joy oldi va xalqaro musobaqaning og‘zaki raundlariga taklif qilindi.
Ma’lumot uchun: “Asia Cup International Law Moot Court Competition” 1999-yildan boshlab o‘tkazilmoqda. Musobaqa xalqaro huquq bo‘yicha nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi. Uning maqsadi Osiyo davlatlarida “qonun ustuvorligi”ni o‘rnatishga hissa qo‘shish bo‘lib, tanlovda ishtirokchilar xalqaro huquqqa oid da’vo ishi bo‘yicha memorandumlar yozish va og‘zaki mulohazalarni taqdim etish qobiliyatlarini namoyish etadi.