Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Otabek Narziyev “Global Clinical Legal Education” kitobining hammuallifi bo‘ldi

Dunyoga mashhur “Routledge Taylor & Francis Group” nashriyoti tomonidan “Global Clinical Legal Education” kitobi chop etildi. Mazkur kitobda 50 dan ortiq mamlakatning klinik yuridik ta’lim borasidagi o‘ziga xos tajribalari haqida ma’lumot berilgan.

Quvonarlisi, kitobdan O‘zbekistonning klinik yuridik ta’limdagi tajribasi haqidagi ma’lumotlar ham joy olgan va bu tajriba Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi misolida yoritilgan.

Kitobning “The Distinctive Nature of Uzbekistan Clinical Legal Education” deb nomlangan 11-bobi TDYU yuridik klinikasi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Otabek Narziyev tomonidan yozilgan. Unda O‘zbekiston, xususan, TDYUning klinik yuridik ta’lim borasidagi 25 yillik tajribasi, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilingan.

Ushbu bob “Central Asian Legal Research Fellowship” ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida Avtraliyaning Monash universiteti professori Jeff Giddings bilan hamkorlik natijasida tayyorlangan bo‘lib, unda “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” grant loyihasi asosida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ham o‘z aksini topgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar