“Sharoit plus” nogironlar jamoat birlashmasi vakillari va Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, TDYU Yuridik klinikasi volontyor-talabalarining “Sharoit plus” nogironlar jamoat birlashmasida ish olib borishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Aytish joiz, ayni paytda Yuridik klinikaning 12 nafar volontyori mazkur birlashmada faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun: bugungi kunga qadar "Sharoit plus” nogironlar jamoat birlashmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy xizmat va reabilitatsiya, soliq masalalariga oid 1650 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, TDYU Yuridik klinikasi volontyorlari tomonidan fuqarolarni qiynagan masalalarda yechimlar berilgan.