O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Ushbu tanlovda Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘zining professionalligi va samarali faoliyati bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi.
Tanlovning taqdirlash marosimi Adliya vazirligida “Bepul yuridik yordam ko‘rsatishning minimal standartlari”ga bag‘ishlangan davra suhbati doirasida o‘tkazildi.