Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Buyuk Britaniyaning London universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov boshchiligidagi delegatsiya London universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar natijasida London universiteti va Adliya vazirligi ta’sischiligida Oʻzbekistonda Britaniya xalqaro universitetini ochish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, London universiteti professor-oʻqituvchilarini TDYUga jalb qilish, hamkorlikda Ingliz huquqi kafedrasini ochishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: London universiteti xalqaro reytinglarda TOP-500 universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan (QS xalqaro reytingida 352-o‘rinni egallagan). Muassasa o‘zida 17 ta universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarini birlashtirgan dunyodagi yetakchi ilmiy konfederatsiyalardan biridir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar