Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkiloti “Times Higher Education World Impact Ranking — 2024” natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu xalqaro reytingda dunyoning 125 ta davlatidan 2152 ga yaqin universitet ishtirok etdi. Shular orasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jahon miqyosida 401-o‘rinni egallab, TOP-500 ro‘yxatiga kiritildi. Bu ko‘rsatkich bilan TDYU o‘tgan yilga nisbatan 400 pog‘ona ko‘tarildi.
Xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, TDYU xalqaro miqyosda quyidagi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarni egalladi:
– SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 101-200 o‘rin
– SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 201-300 o‘rin
– SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 301-400 o‘rin
– SDG 5 — Gender tengligi — 301-400 o‘rin
– SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 401-600 o‘rin