O‘zbekiston Adliya vazirligi ko‘magida TDYU va Vismar universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi doirasida va ushbu universitetning taklifiga binoan tashkil etilgan tashrif doirasida taniqli nemis olimlari va amaliy fanlar universiteti rektori, professor doktor Bodo Vigand-Xofmeyster bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar doirasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekistonda yuridik kadrlar tayyorlash jarayonini nemis o‘qitish metodikasi asosida tashkil etishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida Omonulla Muhammadjonov “Germaniyada yuridik ta’lim, yuridik metodika va yuridik fanlarni o‘qitish usullari” mavzusidagi professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: 1908-yilda tashkil etilgan Vismar universitetida hozirda 8000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalarning 1000 nafardan ortig‘i xalqaro talabalar bo‘lib, ularga turli sohalarda 30 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi.