Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda universitet spartakiadasi o‘tkaziladi

TDYUda universitet spartakiadasi o‘tkaziladi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti kasaba uyushmasi tomonidan 12-13-mart kunlari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha universitet spartakiadasi tashkil etilmoqda.

Musobaqalarda TDYUning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ishtirok etishi mumkin.

Spartakiada doirasida ayollar o‘rtasida voleybol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka bo‘yicha, erkaklar o‘rtasida mini-futbol, basketbol, stol tennis, badminton bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar taqvimiga ko‘ra, 12-mart 14:00da yakka tartibdagi (badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka), 13-martda esa jamoaviy (mini-futbol, voleybol, basketbol) bahslar bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar televizor, planshet, smartfon, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Spartakiada ishtirok etishni istaganlar TDYU “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasiga yoki @DimaDokuchaev telegram manziliga murojaat qilishi mumkin. 

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar