Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Purvi Pokhariyal va Stefen Barnes TDYU “Faxriy professori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida ilm-fanni rivojlantirish, uni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish, yurisprudensiya fanidagi mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha alohida muhim vazifalarni bajarganlik, shuningdek, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi fidokorona xizmati hamda universitet nufuzini xalqaro va respublika miqyosida oshirishga hissa qo‘shayotgan milliy va xorijiy mutaxassislar, universitet hamkorlarini “Faxriy professor” faxriy unvoni bilan taqdirlash an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan universitet rektorining buyrug‘iga ko‘ra, Hindistonning Milliy sud ekspertizasi universiteti kampus direktori (Hindiston Respublikasi), fan doktori, professor Purvi Pokhariyal hamda Pensilvaniya shtat universiteti (AQSH) Huquq maktabi dekanining Magistratura va xalqaro dasturlar bo‘yicha o‘rinbosari, fan doktori, professor Stefen Barnes Toshkent davlat yuridik universitetining “Faxriy professori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar