“Bilimdon qizlar” viktorinasi va “XXI asr ayoli — mening nazarimda” mavzusidagi insholar tanlovi o‘tkazildi
“Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan viktorina va tanlov TDYU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor v.b. G.Gulyamova, Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi A.Fattaxova hamda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Almosova tomonidan tashkil etildi.
Bilimlar bellashuvlarida TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchi-qizlari ishtirok etdi.
***
TDYUda “Yurt taraqqiyotida mening birinchi hissam” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
“Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan anjumanda TDYU Xotin qizlar kengashi a’zolari, Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi mudiri, professor G.Nosirxodjayeva, professor M.Yunusova, dotsent D.Tadjibayeva va TDYU qoshidagi akademik litseyning iqtidorli o‘quvchi-qizlari ishtirok etdi.
***
“XXI asr qizlari" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar hamda universitet qoshidagi akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan tadbirda xalqaro toifadagi trener, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Anjumanda ekspert tomonidan qizlarning liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning emotsional holatini yaxshilash maqsadida psixologik o‘yin o‘tkazildi.
***
“Jamiyatda ayol-yuristlarning roli haqida va sud tizimida ishga joylashtirish imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
TDYU Xotin-qizlar kengashi tomonidan tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining sudyasi Akmal Bobonazarov va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Nigora Kenjaeva ishtirok etdi.
Professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar, magistrantlar va doktorantlar ishtirok etgan anjumanda anjumanda ayol-sudyalarning sud tizimidagi o‘rni, mamlakatimizda Gender tengligi borasida qilinayotgan ishlar, sud tizimiga gender komponentlarini joriy etish borasida qilinayotganishlar xususida so‘z yuritildi.
***
TDYUda “Ichki salohiyat” mavzusida amaliy seminar trening o‘tkazildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshidagi “Girls Development Club” tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda universitet talaba-qizlari va TDYU qoshidagi akademik litseyning faol o‘quvchilari ishtirok etdi.
Treningni taniqli motivator, trener va psixolog Iroda Utarova olib bordi.
Mashg‘ulotda ishtirokchilarga mavzu yuzasidan foydali ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
***
Ma’lumot uchun: “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan TDYU professor-o‘qituvchilari, Xotin-qizlar kengashi a’zolari hamda “Girls Development Club” a’zolari tomonidan turli uchrashuvlar ham tashkil etildi.