Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Nagoya universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, Xalqaro aloqalar boʻlimi bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, Nagoya universiteti vitse-prezidenti Norimi Mizutani, universitetning xalqaro departamenti boʻlim boshligʻi Kaori Umemura, xalqaro departament xodimi Toshiyuki Yamada, Nagoya universitetning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori Eldorjon Elmurodov va TDTI xorijiy prorektori Kiyoxisa Nishiyami ishtirok etdi.

Uchrashuvda TDYU va Nagoya universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki universitet hamkorligida tashkil etilgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazi faoliyatini takomillashtirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi va akademik mobillik dasturlarini tashkil etish, shuningdek, yaponiyalik professor-o‘qituvchilarni TDYUdagi dars jarayonlariga jalb etish masalalari muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar