Rossiya kitob ittifoqi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vazirligi ko‘magida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar (MDH) ekspertlari ishtirokida III Hamdo‘stlik kitobxonlar assambleyasi tashkil etildi.
Assambleyada Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi direktori Хaytgul Pirmedova “Ta’limni yangilash va kelajak kompetensiyalari” trekining “KITOB+” seksiyasida ekspert sifatida ishtirok etdi.